Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar nega PSJ’ni tark etganini tushuntirdi.
“PSJ’dan ketishga qaror qildim, shundan so’ng darhol “Al-Hilol”dan taklif oldim. Men Parijda baxtli emas edim. Klub va murabbiy endi meni jamoada o’ynashimni istashmas edi.
Ular bu haqda men bilan allaqachon gaplashgan edi, shuning uchun men qaror qabul qilishim kerak edi.
“Al-Hilol”ning taklifi menga yoqdi. Men bu klub, mahalliy madaniyat va chempionat bilan tanishdim”, – deydi Neymar.
Eslatib o’tamiz, Neymar 2023-yilning yozida PSJ’dan “Al-Hilol”ga ko’chib o’tgandi. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.