Joriy mavsumni ijara asosida Turkiyaning “Galatasaroy” klubida o’tkazayotgan Viktor Osimhen faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin.
Il Mattino nashri xabariga ko’ra, “Manchester Yunayted” nigeriyalik forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda va u uchun “Napoli”ga 30 million yevro va qo’shimchasiga Joshua Zirkzeni taklif qilgan.
Biroq neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis ushbu taklifga rad javobini berdi va Osimhenni faqat to’liq mablag’ to’langan taqdirganiga sotishi mumkinligini aytgan.
Qayd etilishicha, “Napoli” Osimhenni yanvar oyida 81 million yevroga, joriy mavsum yakunida esa 75 million yevroga qo’yib yuborishga tayyor.
Eslatib o’tamiz, Zirkze o’tgan yozda 42,5 million yevro evaziga “Bolonya”dan “Manchester Yunayted”ga o’tgandi. U APL’da jami 11 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.