Og’ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o’rtasidagi revansh janggida sun’iy intellekt neytral hakam sifatida sinovdan o’tkaziladi. Bu haqda Turki Al ash-Sheyx xabar berdi.
“The Ring tomonidan taqdim etilgan, rasmiy natijaga ta’sir qilmaydigan innovatsion ekspert birinchi marta asrning eng yirik janggida taqdim etiladi”, – deydi Al ash-Sheyx ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, Usik va Fyuri o’rtasidagi revansh janggi 21-dekabrdan 22-dekabrga o’tar kechasi Ar-Riyodda bo’lib o’tadi.