Turinning “Yuventus” klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri APL klubini boshqarishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko’ra, “Vest Hem” tez orada Xulen Lopetegini iste’foga chiqaradi. Hozirda “bolg’achilar” rahbariyati ushbu masalani ko’rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, “Vest Hem” 2024-yilning may oyidan beri ishsiz yurgan Allegrini Lopetegi o’rniga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Eslatib o’tamiz, Allegri 2024-yilning 17-may sanasida “Yuventus” bosh murabbiyligidan bo’shatilgandi.