Angliyaning “Vulverxempton” klubi himoyachisi Rayan Ait-Nuri faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 23 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida tibbiy ko’rikdan o’tgan va yakshanba kuni rasman shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, “Manchester Siti” Ait-Nuri transferi uchun “Vulverxempton”ga 40 million yevro to’lashi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Rayan o’tgan mavsum APL’da 37 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.