Ispaniyalik yarim himoyachi Dani Olmo “Barselona”ga o’tish oldidan “Leypsig” bilan xayrlashdi.

“Yosh klub, yosh futbolchilar… Biz o’sdik, ilk sovrinlarimizni qo’lga kiritdik va birgalikda tarix yaratdik.
Ikki kubok va Superkubok men bilan qoladigan unutilmas lahzalardan faqat bir nechtasi, holos. Rahmat, RB Leypsig. Sen mening qalbimda mangu qolasan”, – deydi Olmo o’zining X sahifasida.
Ma’lumot uchun, vinger tez orada “Barselona” futbolchisi sifatida rasman e’lon qilinadi. Hozirda Olmo shartnoma imzolash uchun klub qarorgohiga yetib kelgan.