“Manchester Siti” “Palmeyras”ning 18 yoshli himoyachisi Vitor Reys transferini rasman e’lon qildi.
Braziliyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2029-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Transfer narxi 40 million yevroni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, Reys markaziy himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi. U “Palmeyras” tarkibida 22 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan.