SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.
Serbiyalik mutaxassis hamyurtimizning kelajakda Yevropa darajasida o’ynash imkoniyati borligini ta’kidladi.
– Fayzullayev faoliyati haqida nima deya olasiz?
– Kelajakda kuchli futbolchi bo’ladi, albatta. Bu yil esa uning samaradorligi avvalgidek. Ko’proq yoki kamroq. Ammo menimcha, u biroz yaxshilanishi kerak, chunki ikkinchi yil birinchisiga qaraganda yuqori bo’lishi lozim.
Agar Fayzullayev haqida gapiradigan bo’lsak, u Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgani uchun, mavsumni biroz yomon boshladi. Keyinchalik u o’ziga kelib oldi. Ketma-ket uch-besh o’yin davomida eng yaxshi futbolchi bo’ldi.
Hozir natijalarimiz biroz pasayib bormoqda. Endi kimdir mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi kerak. Shuning uchun Fayzullayev so’nggi beshta o’yinda borini berishi kerak.
U endigina 21 yosh, Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi. U bu nomni qanday ko’tarib yurishini kuzatish juda qiziq. U osmonda uchib yuradimi yoki yerdami? Buni vaqt ko’rsatadi.
U albatta xorijda o’ynay oladi. Chunki unda o’yin sifatlari bor, – deydi Nikolich.