Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ispan grandi 29 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Kataloniyaliklar sport direktori Deko transferni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kimmix joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Bavariya” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.