“Barselona” va “Liverpul” yozgi transferlar vaqtida o’zaro futbolchi almashmoqchi. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, gollandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong APL’ga, kolumbiyalik hujumchi Luis Dias esa La Ligaga yo’l olishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu g’oyani kataloniyaliklar sport direktori Deku qo’llab-quvvatlamoqda.
Ma’lumot uchun, Luis Diasning ayni damdagi transfer narxi 85 million yevroga, de Yongniki esa 45 million yevroga baholanmoqda.