“Liverpul” klubi o’ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold, agar uning maoshi haftasiga 350 ming funt sterlingga ko’tarilsa, jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 26 yoshli futbolchining hozirgi maoshi haftasiga 180 ming funtni tashkil qiladi. “Liverpul” rahbariyati yangi shartnomaga ko’ra, futbolchining maoshini 250 ming funtgacha oshirishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, Aleksandr-Arnold o’z vakillariga “Liverpul”da qolishni istayotganini aytgan. Keyingi oy tomonlar o’rtasida muzokaralarning yangi bosqichiga o’tilishi kutilmoqda.