Yevropa Superligasi rasman yangi nom bilan qaytadan boshlanadi. Endilikda turnir Birlashgan liga deb nomlanadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Turnir to’rtta bo’limdan iborat bo’ladi: yulduz, oltin, ko’k va ittifoq. Birlashgan liga tashkilotchilari allaqachon UEFA’dan musobaqani o’tkazish uchun rasmiy ruxsat so’rashgan.
Eslatib o’tamiz, dastlab Superliga loyihasiga Yevropaning 12 ta grandi qo’shilgandi. FIFA va UEFA tomonidan sanksiyalar tahdididan so’ng klublar turnirni tark eta boshladi.
Hozirda faqatgina “Real Madrid” va “Barselona” UEFA va FIFA’ga bo’ysunmaydigan Yevropa Superligasi loyihasini qo’llab-quvvatlamoqda.
