Madridning “Real” klubi 2025-yilning yozida o’zining asosiy yulduzlaridan biri hisoblangan Vinisius Junior bilan xayrlashadi. Bu haqda El Gol Digital xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchi faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirish taklifiga rozilik bergan.
Qayd etilishicha, Vinisiusning “Real” bilan shartnomasidagi tovon puli 1 milliard yevro qilib belgilangan. Hujumchini qo’lga kiritish uchun favorit bo’lgan “Al-Hilol” ushbu narxni to’lashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 18 ta o’yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroni tashkil qiladi.