UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinlari yakuniga ko’ra haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ushbu sovrin uchun to’rt nafar futbolchi: Vinisius Junior (“Real”), Vangelis Pavlidis (“Benfika”), Igor Payxao (“Feyenord”) va Serxu Girasi (“Borussiya Dortmund”) kurash olib boradi.
Eslatib o’tamiz, Vinisius “Man. Siti”ga qarshi o’yinda (3:2) 2 ta golli uzatma, Girasi “Sporting”ga qarshi (3:0) bitta gol va bitta golli uzatma, Payxao va Pavlidis “Milan” (1:0) va “Monako”ga qarshi (1:0) o’yinlarda g’alaba gollariga mualliflik qilishdi.