2025-yilgi UEFA Superkubogi uchun bahs qayerda bo’lib o’tishi ma’lum bo’ldi.
UEFA matbuot xizmati xabariga ko’ra, o’yin “Udineze”ning uy arenasida bo’lib o’tadi. Stadion o’z bag’riga 25 144 kishini sig’dira oladi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g’oliblari o’rtasidagi uchrashuv 2025-yilning 13-avgustida bo’lib o’tadi.