Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal uzoq muddatga safdan chiqdi.
17 yoshli futbolchi La Liganing 17-turidan o’rin olgan “Leganes”ga qarshi bahsda (0:1) to’pig’idan jarohat olgandi.
Bugun Yamal tibbiy ko’rikdan o’tdi, unga birinchi darajali ligament tashxisi qo’yildi.
Qayd etilishicha, futbolchining tiklanishi uchun kamida 3-4 hafta kerak bo’ladi. Vinger 21-dekabr kuni bo’lib o’tadigan “Atletiko”ga qarshi bahsni o’tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
