Italiya A Seriyasining 27-turidan o‘rin olgan “Roma” – “Komo” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Jamoalar Rimdagi “Olimpiko” stadionida o‘ynashdi. Rimliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi dastlabki gol 44-daqiqada kiritildi. Uning muallifi “Komo” yarim himoyachisi Lukas Da Kunya edi. 61-daqiqada “Roma” futbolchisi Aleksis Salemakers hisobni tenglashtirdi.
76-daqiqada Artyom Dovbik maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. U Eldor Shomurodov o‘rniga ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, mehmonlar 65-daqiqada himoyachi Mark-Oliver Kempfning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo‘lib qoldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Roma” hisobidagi ochkolar soni 41 taga yetdi. Klaudio Ranyeri shogirdlari Italiya chempionati jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. “Komo” 29 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.