“Inter Mayami” klubi Lionel Messi va Luis Suares MLS Yulduzlar o’yinini o’tkazib yuborishini ma’lum qildi.
“Leo Messi to’pig’idagi jarohat tufayli Yulduzlar o’yinini o’tkazib yuboradi. Luis Suares esa tizzasida noqulaylik his qilmoqda va u ham ushbu o’yinda ishtirok eta olmaydi” – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Yulduzlar o’yini ko’rgazmali futbol bo’lib, 28 yildan buyon o’tkazib kelinadi. Bu yilgi o’yin 24-iyul kuni MLS yulduzlari va Liga MX yulduzlari o’rtasida bo’lib o’tadi.