Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Aleksandr Usik bilan suhbatda ular o’rtasida uchinchi jangni o’tkazish niyatida ekanligini aytdi.
Bokschilar o’rtasidagi suhbatni Turki Al ash-Sheyx ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qildi.
Fyuri: Mening g’alabamdan so’ng uchinchi jang bo’ladi, 100 foiz. Trilogiya sodir bo’lishi kerak.
Usik: Men tayyorman. Qo’rqma, men seni yolg’iz qoldirmayman.
Fyuri: Ha, ha, men juda qo’rqib ketdim… Sen jinnisan! Men seni nokautga uchrataman, chunki menga trilogiya kerak.
Eslatib o’tamiz, Usik va Fyuri o’rtasidagi revansh janggi 21-dekabrdan 22-dekabrga o’tar kechasi Ar-Riyodda bo’lib o’tadi.