FourFourTwo nashri bugungi kunda dunyoning eng yaxshi darvozabonlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, ro’yxatning birinchi o’rnini “Liverpul” darvozaboni Alisson Bekker egalladi.
Ikkinchi o’rin “Real” vakili Tibo Kurtuaga nasib etgan bo’lsa, kuchli uchlikni “Manchester Siti” darvozaboni Ederson yakunlab berdi.
Shuningdek, top-10 talikdan quyidagi darvozabonlar o’rin oldi: David Raya (“Arsenal”), Manuel Noyer (“Bavariya”), Emiliano Martines (“Aston Villa”), Mayk Manyan (“Milan”), Janluiji Donnarumma (PSJ), Unai Simon (“Atletik”) va Giorgi Mamardashvili (“Valensiya”).