“Manchester Siti” “Valyadolid” markaziy himoyachisi Juma Bahni sotib olishga yaqin turibdi. Hozirda tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan.
Xabarlarga ko’ra, Juma Bah sotib olinganidan so’ng ijara asosida “Lans”ga yuboriladi. Bu Husanov transferi ortidan o’rnatilgan ajoyib munosabatlardan kelib chiqayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Juma Bah joriy mavsum La Ligada 12 ta o’yinda maydonga tushdi.