Argentinalik hujumchi Xulian Alvares Pep Gvardiolaga klubni tark etmoqchiligini aytgan. Bunga asosiy sabab qilib futbolchi zahirada qolib ketayotganini iddao qilgan.
Alvares o’tgan mavsum “shaharliklar” safida hech qaysi uchrashuvni to’liq o’tkazmagan. Shuning uchun u agentiga yangi jamoa izlashni buyurgan.
Hozirda forvardga Italiya va Ispaniyadan takliflar bor. Ammo hali biron bir klub rasmiy taklif bilan chiqqani yo’q.
“Man. Siti” esa Alvares uchun davogar jamoalardan 120 million yevro talab qilmoqda. Hujumchining “Transfermarkt”dagi narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Xulian “Man. Siti” tarkibiga 2022-yil Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan kelib qo’shilgan. Ikki yil ichida u Gvardiola qo’l ostida APL chempionligini, UEFA Chempionlar ligasini, UEFA Superkubogini va klublar o’rtasidagi Jahon chempionatini qo’lga kiritdi.