Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Karim hali yakuniy qarorga kelmagan, biroq bu haqda o’ylayotganini tan oldi.
Shuningdek, Saudiya klubi fransiyalik futbolchining shartnomada ko’rsatilgan muddatgacha, ya’ni, 2026-yilgacha o’ynashini kutmoqda.
Qayd etilishicha, Benzema allaqachon “Real” bilan klub elchisi lavozimini kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2023-yilning avgustidan beri “Al-Ittihod” safida to’p surmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.