Birozdan so’ng JCh-2026 3-saralash bosqichining so’nggi turidan o’rin olgan O’zbekiston va Qatar o’rtasidagi bahs boshlanadi.
Uchrashuvdan oldin terma jamoamizning asosiy tarkibi e’lon qilindi.
O’zbekiston: O’tkir Yusupov, Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov, Azizbek Turg’unboyev, Abbosbek Fayzullayev, Husniddin Aliqulov.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qatar uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.