O’zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi o’yin o’tkazadi. Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga oʻyinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda toʻliq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum boʻldi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qatar o’yini 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.
