Kataloniyaning “Barselona” klubi “Yuventus” vingeri Federiko Kyeza transferidan voz kechdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko’ra, moliyaviy feyr-pley bilan bog’liq muammolar sabab kataloniyaliklar shu qarorga kelgan. Kyezaning transferi “Barselona” uchun maoshlardan tashqari taxminan 12 million yevroga tushadi. Klub bunday xarajatlarni ko’tara olmaydi.
Shuningdek, hozirda “Barselona”ning hujum chizig’i ham yaxshi shakllanganligi va transferlarga hojat yo’qligi aytilmoqda.