Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar professional faoliyatidagi eng yaxshi bosqichni aytdi.
“Mening eng yaxshi yillarim PSJ’da bo’lgan. Ammo bu juda achinarli edi, chunki men tez-tez uch oydan to’rt oygacha davom etadigan jarohatlar oldim. Bu meni juda bezovta qildi.
Ammo futbol nuqtai nazaridan, PSJ’dagi Neymar butun faoliyatim davomidagi eng yaxshi Neymar edi. Men o’z futbolimni fransuzlarga namoyish qila olganimdan xursandman”, – deydi Neymar.
Eslatib o’tamiz, Neymar 2023-yilning avgustidan beri “Al-Hilol” klubida to’p surmoqda. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.