Madridning “Real” klubi “Sporting” hujumchisi Viktor Gyokereshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Todofichajes xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” rahbariyati shvetsiyalik futbolchi jamoa hujumini kuchaytirishiga va Anchelottining o’yin uslubiga to’la mos tushishiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, “qaymoqranglilar” allaqachon Gyokereshning agentlari bilan aloqa o’rnatishgan. Shuningdek, hujumchiga MYU, “Barselona” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Viktor Gyokeresh joriy mavsum klub safida jami 36 ta o’yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.