FIFA rasmiy sahifasi O’zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovni Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabrikladi.
Shuningdek, tashkilot hamyurtimiz tarix yozishda davom etayotganini e’tirof etdi.
“FIFA Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatida o’ynagan ilk o’zbekistonlik futbolchi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Siti” turnirdagi navbatdagi o’yinini 27-iyun kuni “Yuventus”ga qarshi o’tkazadi. Ushbu bahs “G” guruhi g’olibini aniqlab beradi.