Angliya Premyer-ligasi 16-turi doirasida “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o’zaro to’qnash keldi va yakunda mankunianliklar kambek amalga oshirib, g’alabani ilib ketdi (1:2).
Uchrashuvda hisob 36-daqiqada Yoshko Gvardiol tomonidan ochildi. 88-daqiqada Bruno Fernandesh penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Amad Diallo o’yinga nuqta qo’ygan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, “Man. Siti” navbatdagi mag’lubiyatini qabul qilib oldi. “Man. Yunayted” esa ushbu g’alabadan so’ng ochkolari hisobini 22 taga yetkazib oldi.