“Santos” klubi prezidenti Marselo Teysheyra Neymar bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Xabarlarga ko’ra, forvard kelasi mavsumda Yevropaga qaytishi mumkin.
“Eng qiyin qismi allaqachon bajarilgan. U hozir shu yerda. Biz klubning javobini va natijalarini ko’rib chiqamiz.
Klubda hamma Neymarni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek butun mamlakat ham. Bu uning qolishida muhim ahamiyat kasb etadi”, – deydi Teysheyra.
Ma’lumot uchun, Neymar “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klubda jami 232 ta o’yinda maydonga tushib, 139 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
