Moskvaning SSKA klubi matbuot xizmati ikkinchi qishki o’quv-mashg’ulot yig’ini boshlanganini e’lon qildi. Jamoa bugun Abu-Dabiga yo’l oldi.
“O’yinchilar tarkibi o’zgarishsiz qolmoqda, ikkita yosh o’yinchining rejalashtirilgan almashtirilishi bundan mustasno: Ivan Ananyev va Amirhusayn Rivandi o’rniga Aleksandr Vakulich va Artem Serikov kelib qo’shildi.
Vakulich 2024-yilgi mavsumda MFL chempioni, 2023-yilgi USFL-1’ning eng yaxshi assistenti va futbolchisi, Serikov esa USFL-1’ning o’tgan mavsumdagi gol+pas tizimi bo’yicha eng yaxshi to’purari va o’yinchisi hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.