Kataloniyaning “Barselona” klubi Voytsex Shesnining kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Marca xabariga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” polshalik darvozabonga 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi.
Eslatib o’tamiz, Shesni o’tgan yilning oktyabr oyida kataloniyaliklar safiga kelib qo’shilgandi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.