“Vulverxempton” bosh murabbiyi Gari O’Nil iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz Gariga jamoadagi faoliyati davomida qilgan barcha sa’y-harakatlari, fidoiyligi va mashaqqatli mehnati uchun juda minnatdormiz hamda unga va uning jamoasiga kelajakda omad tilaymiz”, – deyiladi klub bayonotida.
Avvalroq “Vulverxempton” APL’ning 16-turida “Ipsvich”dab uchralgan mag’lubiyatdan so’ng Gari O’Nilni iste’foga chiqarishga qaror qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Daily Mail xabariga ko’ra, angliyalik mutaxassis o’rniga “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher olib kelinishi mumkin.