Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi o’zi to’p tepgan jamoalar ishtirokidagi 33 ta turnirlarning barchasida guruhdan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 3-turida “Inter Mayami” “Palmeyras” bilan bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o’ynadi. Bu natija floridaliklarni nimchorak finalga olib chiqdi. Endi “Inter Mayami” 1/8 finalda PSJ’ga qarshi to’qnash keladi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u bir necha mavsum PSJ safida ham harakat qilgan, 2023-yilning yozida esa “Inter Mayami”ga o’tgan.