Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida “Rayo Valekano” va “Real Madrid” o’zaro to’qnash keldi va yakunda tomonlar 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvdagi gollardan biriga Jud Bellingem mualliflik qildi. Angliyalik yarim himoyachi uchun bu gol madridliklar safida so’nggi 8 ta o’yindagi yettinchisi bo’ldi.
Bungacha Bellingem “Atalanta”, “Jirona”, “Atletik”, “Xetafe”, “Leganes” va “Osasuna” darvozasini ishg’ol qilgan.
Ma’lumot uchun, Jud joriy mavsum klub safida jami 19 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.