“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” joriy mavsum “Leypsig”da ijara asosida o’ynayotgan PSJ futbolchisi Xavi Simonsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko’ra, gollandiyalik futbolchi “Leypsig”dagi ijara muddati tugaganidan so’ng faoliyatini PSJ’da davom ettirishi kutilmayapti.
Ta’kidlanishicha, Simonsning o’zi “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim qo’l ostida ishlashga qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Simons joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.