Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rahbariyatdan tarkibni, ayniqsa, himoyaning o’ng qanotini kuchaytirishni so’radi.
Rahbarlar harakat qilishdi, biroq muzokaralar natija bermadi. “Real”ning “Liverpul”dan Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olishga bo’lgan urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Marca xabariga ko’ra, rahbariyat boshqa variant ko’rib chiqmagan va Anchelotti qishki transferlar oynasining so’nggi kunlarida hech kimni sotib ololmasligini allaqachon bilgan.
Shu tariqa, “Real” mavsumni bir nafar nominal o’ng qanot himoyachisi – Lukas Vaskes bilan davom ettiradi. Shuningdek, Federiko Valverde va Raul Asensio ham ushbu pozitsiyada o’ynay oladi.