Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema France Football nashri tomonidan o’tkazilgan so’rovnomada Kilian Mbappega ovoz bermadi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Real”ning sobiq futbolchisi o’tgan mavsumning eng yaxshi fransiyalik futbolchilar uchligiga Eduardo Kamavinga, Bredli Barkolya va Uilyam Salibani kiritgan.
Ta’kidlanishicha, Benzemaning bu qarorga kelishiga Mbappe bilan orasida “chuqur adovat” borligi sabab bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe o’tgan mavsum PSJ sharafini himoya qildi. U barcha turnirlarda 48 ta o’yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.