1-fevral kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida Shara Bullet nomi bilan mashhur bo’lgan Sharabutdin Magomedov o’zining navbatdagi janggini o’tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, o’sha kuni Magomedovga britaniyalik jangchi Maykl Peyj raqiblik qiladi.
Eslatib o’tamiz, Shara Bullet o’zining so’nggi janggini UFC 308 turnirida Armen Petrosyanga qarshi o’tkazgan va ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g’alaba qozongan.
