“Valensiya” yarim himoyachisi Pepelu faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Estadio Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” Pepeluni qishki transferlar vaqtida xarid qilmoqchi. “Shaharliklar” futbolchini jarohati sabab mavsum oxirigacha safdan chiqqan Rodrining o’rniga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
“Manchester Siti” Pepelu uchun katta pul sarflamoqchi emas. Inglizlar uni 25 million yevroga sotib olmoqchi. Biroq futbolchining shartnomasidagi tovon puli 100 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Pepelu joriy mavsum “Valensiya” safida 14 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.