Hozirda erkin agent maqomida yurgan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko’ra, futbolchiga Angliyaning “Nyukasl” klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “hakkalar” Ramosga bir yarim yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Bitimga ko’ra himoyachi 10 million yevroga yaqin maosh oladi.
Eslatib o’tamiz, Ramosning so’nggi klubi “Sevilya” edi. U o’tgan mavsum klub safida barcha turnirlarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.