“Lans” klubi himoyachisi Kevin Danso “Roma”ga o’tish oldidan tibbiy ko’rikdan o’ta olmadi. Hozirda futbolchi Fransiyaga qaytgan.
Avvalroq ikki klub transfer bo’yicha barcha shartlarni kelishib olgandi. Biroq Kevin tibbiy ko’rikdan o’ta olmagani sabab kelishuv barbod bo’ldi.
“Klub o’z futbolchisiga to’liq ishonadi. Biz Danso bilan yana uchrashishdan mamnunmiz. U “Lans” libosini kiyishdan avval tegishli protokoldan o’tadi”, – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Danso 2021/2022-yilgi mavsumdan buyon “Lans” safida harakat qilmoqda.