“Manchester Yunayted” klubi “Serro Porteno”ning 17 yoshli paragravlik himoyachisi Diyego Leon bilan og’zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, futbolchining transferi uchun dastlabki to’lov 3,8 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, qo’shimcha badal sifatida 1 million yevro va futbolchining yoki jamoaning kelajakdagi yutuqlariga qarab 3,3 million yevrodan ko’proq mablag’ to’lab beriladi.
Qayd etilishicha, Loan mankunianliklar safiga 2025-yilning yozida kelib qo’shiladi.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli futbolchi joriy mavsum “Serro Porteno” safida 19 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 1 million yevroga baholanmoqda.