Londonning “Arsenal” klubi vingeri Bukayo Saka Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
23 yoshli angliyalik futbolchi “Monako”ga qarshi o’yinda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu sovringa “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise, “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizman va “Brest” darvozaboni Marko Bizotlar ham davogarlik qildi.