“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi so’nggi ikki mavsumda to’plarni aniq o’tkazish bo’yicha Yevropaning top-5 chempionatida yetakchilik qilmoqda.
37 yoshli argentinalik futbolchi 2022/2023-yilgi mavsumda PSJ safida 37 ta shunday uzatmani amalga oshirgan.
Ikkinchi o’rinni “Manchester Yunayted” a’zosi Bruno Fernandesh egallagab turibdi. Bruno APLda 2022/2023 va 2023/2024-yilgi mavsumda 35 ta uzatmani amalga oshirgan. Uchinchi o’rinda esa “Arsenal” vakili Martin Edegor bormoqda. Uning hisobida 32 ta shunday pas bor.