Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar ichki chempionatning 4-turidan o’rin olgan “Atletiko Mineyro”ga qarshi o’yinda (2:0) jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchining mart oyidan beri bezovta qilib kelayotgan chap son qismidagi jarohati yana qaytalangan. Aynan shu jarohat sabab Neymar JCh-2026 saralashi doirasidagi Kolumbiya va Argentinaga qarshi bahslarini o’tkazib yuborgandi.
Ma’lumot uchun, “Santos” Braziliya chempionatining joriy mavsumidagi ilk g’alabasini qo’lga kiritdi.