Mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello “Manchester Siti”ning amaldagi bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Gvardiola ajoyib murabbiy, lekin juda takabbur.
Ba’zan u sovrinlar uchun kurashda mag’lub bo’ladi. Chunki u o’yinchilar emas, balki o’zi g’alaba qozonishini isbotlamoqchi bo’ladi. Shuning uchun u asosiy o’yinchilarni olib tashlaydi.
Menimcha, u e’tibor va shon-shuhratni jamoasiga emas, balki o’ziga qaratishga urinadi”, – deydi Kapello.
Eslatib o’tamiz, Pep Gvardiola 2016-yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u “shaharliklar” bilan 6 marta APL’da, bir marta YChL’da va 2 marta Angliya kubogida zafar quchgan.