Madridning “Real” klubi “Liverpul”ning 33 yoshli himoyachisi Virjil van Deykni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qaymoqranglilar” gollandiyalik futbolchini shartnomasi tugaganidan so’ng, tekinga qo’lga kiritmoqchi.
Ta’kidlanishicha, Virjilga “Barselona”, “Atketiko”, “Bavariya” va PSJ klublari ham da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, van Deykning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.