2-dekabrdan 12-dekabrgacha Qatar poytaxti Doha shahrida Qatar Masters Open shaxmat turniri bo’lib o’tdi.
Musobaqada g’oliblik rossiyalik grossmeyster Andrey Esipenkoga nasib etdi. U 9 ta turda 7,5 ochko to’plab, birinchi o’rinni egalladi.
Ikkinchi o’rin 7 ochko bilan Hindiston vakili Arjun Erigaisiga nasib etdi. Xuddi shuncha ochko bilan Nodirbek Abdusattorov uchinchi o’rinni band etdi.
